00:03 / 08.06.2020
2 511

«O‘qituvchi yilning 6 oyida dalada bo‘lgach, qanaqa ta’lim sifati haqida gapirish mumkin edi?» – Shermatov

«O‘qituvchi yilning 6 oyida dalada bo‘lgach, qanaqa ta’lim sifati haqida gapirish mumkin edi?» – Shermatov
Foto: Xalqaro press-klub
Prezident tashrifidan so‘ng, 7 iyun kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida bir necha rasmiylar qatorida Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov ham chiqish qildi.

Vazir so‘nggi yillarda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini ta’kidladi.
«Mana, o‘qituvchilar bilan gaplashdim, Farg‘ona viloyatida o‘qituvchi uch yil oldin yilning 12 oyidan 6 oyida dalada bo‘lgan. Paxtada bo‘lgan, chopiqda bo‘lgan, boshqa ishlarda... Faraz qiling, o‘qituvchi 6 oy dalada bo‘lsa, ko‘cha supurishda bo‘lsa, tashriflarda birinchi balogardon o‘qituvchi bo‘lsa, qanaqa ta’lim sifati haqida gapirishi mumkin?

Toshkentda o‘tirganga uncha sezilmasligi mumkin, lekin aynan agrar viloyatlarda, qishloqlarda o‘qituvchining hayotida juda katta o‘zgarish aynan mana shundan bo‘ldi
» – deya Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U o‘qituvchilarning oyliklari oshirilgani va vaqtida berilayotganini qayd etdi.
«Buning natijasida, birgina Farg‘ona viloyatida 2 mingdan ortiq erkak o‘qituvchilar, 10 mingdan oshiq oliy ma’lumotli o‘qituvchilar qaytib keldi. Xabaringiz bor, oliy ma’lumotli bo‘lmagan minglab o‘qituvchilar dars berardi», – dedi Xalq ta’limi vaziri.

Sherzod Shermatov maktablardagi sharoitlar masalasiga ham to‘xtaldi.
«Sharoit deganda biz innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar haqida gapirmayapmiz», – degan vazir maktablarni isitish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, devor bilan o‘rash kabi elementar sharoitlarni sanab o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi uch yilda Farg‘ona viloyatida 129ta maktabda isitish pechi o‘rnatilgan, 85ta maktabga ichimlik suvi olib kelingan, 109ta maktab devor bilan o‘ralgan.

Viloyatdagi maktablar soni 27taga ko‘payib, 100dan ortiq maktab mukammal ta’mirdan chiqarilgan.
«Lekin qilinadigan ishlar hali juda ko‘p. Albatta, 25-30 yilda qilinmagan ishni 3 yilda qilib bo‘lmaydi», – ta’kidladi Sherzod Shermatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘qituvchi yilning 6 oyida dalada bo‘lgach, qanaqa ta’lim sifati haqida gapirish mumkin edi?» – Shermatov