15:54 / 10.06.2020
2 287

Pandemiya davrida tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlandi

Pandemiya davrida tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlandi
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlariga Toshkent viloyati davlat soliq organlari xodimlari hukumatimiz tomonidan berilgan yengilliklar va soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan yaqindan ko‘mak berildi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasiga 295 ta murojaat kelib tushgan.Ushbu murojaat yuzasidan 26, mlrd.so‘mlik mulk, yer va suv soliqlari to‘lov muddatilari 1 sentabrga qadar kechiktirilib, ayni paytda yana 141 ta murojaat 4,9 mlrd.so‘mi viloyat Deputatlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari Prezidentimizning 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan esa yana 224 ta murojaat tushgan bo‘lib, bu yuzasidan 5,3 mlrd.so‘mlik mulk, yer, suv, aylanma soliq va ijtimoiy soliqlarning to‘lov muddatlari 1 sentabrga qadar kechiktirildi hamda 2020 yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘idan 4,7 mlrd.so‘m, yer solig‘idan 4,3 mlrd.so‘m soliq summalari va shularning 0,6 mlrd.so‘m penyalari hisobdan chiqarildi.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’ektlari hamda mikro firmalarning 2020 yil 15 may holatiga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari bo‘yicha 2600 dan ortiq sub’ektlarning 1,1 mlrd.so‘mlik yer va mulk solig‘iga xisoblangan penya va moliyaviy jarimalar hisobdan chiqarilgan bo‘lsa, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentabrgacha to‘xtatish bo‘yicha 38 mingdan ortiq sub’ektning soliq qarzi va ularning penya hamda moliyaviy jarimalariga nisbatan majburiy undirish ishlarini 1 sentabrga qadar to‘xtatib qo‘yildi.

Bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini undirish bo‘yicha 92 mingta inkasso topshiriqnomalarini qaytarib olingan bo‘lsa, majburiy ijro byurosida ijroda turgan 21,8 mlrd.so‘mlik soliq idorasi rahbari qarorlari bilan xatlangan mol-mulklarni xatlovi bekor qilindi va 96,1 mlrd.so‘mlik iqtisodiy sudlar qarorlari ijrosini 1 sentabrga qadar to‘xtatishni so‘rab sudlarga iltimosnomalar kiritildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiya davrida tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlandi