16:30 / 20.06.2020
2 165

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirlarining xabar berishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi»ga aylanadigan «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.

«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi», - deyiladi «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida.

Ta’kidlanishicha, turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish faqat «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» reyestriga kiritilgan ob’ektlarda amalga oshirilishi mumkin.

Turistik hududlarning ma’muriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi