21:09 / 02.07.2020
2 410

Navbahor tumanida mahkumlar jazodan ozod qilindi

Navbahor tumanida mahkumlar jazodan ozod qilindi
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida, “Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!” – deya ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda sudlar tomonidan, ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolarni o‘tayotgan, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilroq turdagi jazoga almashtirib, bu toifadagi ishlarni o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rilayotgani ahamiyatli hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 29 iyun kuni o‘tkazilgan sud majlisida, 4 nafar mahkumlarga nisbatan Navbahor tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mahkum J.K. o‘tab kelayotgan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan muddati, axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib jazo yengillashtirildi, shuningdek, mahkum Sh.X. ozodlikdan cheklash, N.X. muayyan huquqdan mahrum qilish va T.M. axloq tuzatish ishlari jazolaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor
tuman sudining arxivariusi
Sh.To‘raqulov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbahor tumanida mahkumlar jazodan ozod qilindi