21:39 / 02.07.2020
2 964

Tadbirkor foydasiga 141 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi

Tadbirkor foydasiga 141 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Qo‘sho‘pir tuman bo‘limi ish yurituvida Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 10 martdagi ijro hujjatiga asosan karzdor B.Jumanazrovdan undiruvchi “Xorazm Bobur Mirzo” ma’suliyati cheklangan jamiyat foydasiga jami 141.362.500 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 21 aprel kuni kelib tushgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hamda taraflarga ijro va ma’lumot uchun yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan amaldagi qonun talablari asosida majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash va qaratish bo‘yicha qator tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar ham yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida “Xorazm Bobur Mirzo” ma’suliyati cheklangan jamiyat foydasiga karzdor S.Bakiyevdan 141.362.500 so‘m pul mablag‘lari undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga 141 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi