Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 82 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 2 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9078 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 17 nafar Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 297ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord 30 iyun kuni qayd etilgandi - o‘sha kuni 281ta yangi holat aniqlangandi.
Shuningdek, 187 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 6034 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 3017 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi