17:30 / 04.07.2020
2 523

“Putinga bo‘lgan ishonch haqida g‘olibona referendum”

“Putinga bo‘lgan ishonch haqida g‘olibona referendum”
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish “Putinga bo‘lgan ishonch haqidagi g‘olibona referendum”dir. Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda ovoz berish natijalari soxtalashtirilmaganini ta’kidladi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berish jarayonida ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 64,99 foizi qatnashdi. Ularning 77,92 foizi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishini ma’qullagan va 21,27 foizi qarshi chiqqan.

Saylovchilar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Ovoz” harakati Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari soxta ekanligini, ovoz berish jarayonida ko‘plab qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qildi. Harakat ushbu referendumni “xalq suverenitetiga suiqasd” deb baholadi.

Muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyada ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha rekord o‘rnatilganini aytdi.
Prezident Vladimir Putin esa mamlakat Konstitutsiyasiga xalqning xohishiga ko‘ra o‘zgartirish kiritildi degan fikrda. O‘zgartirishlar bugundan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Putinga bo‘lgan ishonch haqida g‘olibona referendum”