11:13 / 07.07.2020
3 610

DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi

DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi
DXX va IIV xodimlari tomonidan mavjud jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qarori bilan mamlakatimizda taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, ushbu guruhni tashkil etgan shaxsning o‘zi dastavval joriy yilning yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish, hozirda Suriya va Turkiya davlatlarida qo‘nim topgan, asli qirg‘izistonlik laqabi “Abu Saloh” bo‘lgan Sirojiddin Muxtorov, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Abdulloh Zufar” laqabli Zofir G‘afforov va “Sodiq Samarqandiy” laqabli Sodiq Muhammadiyevlarning da’vatlarini tinglab, ularning ta’siriga tushib qolgan.
So‘ngra o‘z atrofidagi insonlarni ham bu yo‘lga targ‘ib qila boshlagan.

Joriy yilning mart oyiga kelib, u “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilish uchun Suriya davlatiga chiqib ketishni reja qilgan va buning uchun o‘ziga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib olgan.
Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin choralari uning rejasining ro‘yobga chiqishiga xalaqit bergan.

Ta’kidlash lozimki, noqonuniy yig‘ilishlar davomida guruh a’zolari internet tarmog‘i orqali yuklab olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni tinglab, muhokama qilishgan. Hatto, ularning bir nechtasi “hijrat” va “jihod” qilish uchun Suriya davlatiga borishga xayrixohlik bildirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolarining yashash manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon hamda flesh-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi