23:53 / 07.07.2020
2 788

Sud jarayonida qarzdor 40 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi

Sud jarayonida qarzdor 40 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 02.09.2015 yildagi S-1-506/15-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Tursunovdan undiruvchi Kim Natalya foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi D.Irgashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan barcha huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib aliment pullarini to‘lamagan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va uni topish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan edi.

Bo‘limning tezkor qidiruv xodimlari tomonidan qarzdor topilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasiga asoosan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qarzdor B.Tursunov to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘ziga nisbatan ko‘rilayotgan ma’muriy sud jarayonida alimentdan bo‘lgan 40 mln. so‘m miqdoridagi qarzlarini undiruvchiga to‘liq to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud jarayonida qarzdor 40 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi