17:06 / 09.07.2020
2 570

Toshkentda 4 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan bemor vafot etdi

Toshkentda 4 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. (erkak)ni so‘nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan.

4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va koronavirus infeksiyasiga namuna olinib, infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so‘ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn rejimida konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bu kun davomidagi uchinchi o‘lim holati bo‘ldi va jami o‘lim holatlari soni 48taga yetdi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 29, Namanganda 4, Buxoro va Samarqandda 3, Surxondaryo, Jizzax va Navoiyda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 4 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan bemor vafot etdi