17:27 / 19.07.2020
2 887

Pandemiyada SEOMchilarga «xudo berdi»mi?

Pandemiyada SEOMchilarga «xudo berdi»mi?
Bugun qator ijtimoiy saytlarda Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdorlari tomonidan mavjud mablag‘larni maqsadsiz sarflash va dizenfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda sotib olishi ortidan 917,8 mln. so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilishganligiga oid xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari Namanganda ham xuddi shunday qalloblikni fosh etganiga nima deysiz?! Ya’nikim, Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari bir necha xo‘jalik yurituvchi sub’eklar rahbarlari bilan til biriktirib, haqiqiy bahosi 524,8 mln. so‘mlik «gipoxlorid kalsiy 65%» nomli dezinfeksiyalovchi vositalarini 248,9 mln. so‘m qimmatiga sotib olgani aniqlandi.

Bunday «operatsiya»lar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning ortidan necha kimsa «qo‘l isitgani» tergovda aniqlanadi, nasib. Chunki, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda budjet mablag‘larini talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiyada SEOMchilarga «xudo berdi»mi?