14:36 / 20.07.2020
2 216

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari nima uchun rag‘batlantirildi?

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari nima uchun rag‘batlantirildi?
Malumki, joriy yilda Prezidentimiz tomonlaridan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qororlari qabul qilingan edi. Bu borada barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan «Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili va pandemiya sharoitida ish bilan band bo‘lmagan aholi qatlamini doimiy daromad banbaiga ega qilish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu borada har bir davlat soliq xizmati xodimlari oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ular belgilangan rejalar asosida manzilli ishlarni tashkil etmoqdalar.

Albatta, viloyat 4-sektor rahbari tomonidan kunlik, haftalik va oylik so‘rovlar natijasida hududda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishilmoqda. Etiborlisi, Davlat solik boshqarmasi tomonidan bu borada xizmat faoliyatlari davomida soliq xizmati xodimlarini rag‘batlantirish ularga ish faoliyatlari uchun munosib sharoitni yaratib berilayotgani ularni yanada ish natijadorligini oshirilishiga erishilmoqda.

Kuni-kecha Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasining bir guruh soliq xizmati xodimlari ana shunday rag‘bat va e’tibordan chetda qolishmadi. Aniqrog‘i, Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi ish jarayonida oldilariga qo‘yilgan rejani sidqidildan bajarganliklari uchun Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan ish jarayonida foydalanishlari uchun zamonaviy 5 ta kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Sababi davlat soliq inspeksiyasining har bir xodimi rag‘batga munosib. Chunki, yil yakuniga qadar oldilariga qo‘yilgan rejani 15 kun vaqt oralig‘ida ortig‘i bilan bajarib, ishsiz aholini o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlariga bosh-qosh bo‘ldilar.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birgina Kogon shahri bo‘yicha yil yakuniga qadar 907 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan. Ayni paytda Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 980 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi. Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 201 nafar, Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar 253 nafar, Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 89 nafar, Axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarga 7 nafar, Maishiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha 320 nafar hamda Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha 110 nafardan ortiq fuqarolar o‘zini o‘zi band qilishlariga erishildi.
Bu boradagi ishlar viloyatda davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati DSB
matbuot xizmati
A.Ochilov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari nima uchun rag‘batlantirildi?