18:04 / 20.07.2020
2 050

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosi "pishmay qoldi"...

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosi "pishmay qoldi"...
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro D.I. shartli xaridorga 80 dona “Samyun Wan” nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosi "pishmay qoldi"...