2 954
«Ular birorta dalilga asoslanmagan» – mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonlik mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilarning aksariyati birorta dalilga asoslanmagani haqida gapirdi.
Milliy telekanali orqali uzatilayotgan «Tez yordam» ko‘rsatuvining 21 iyuldagi sonida telefon orqali studiyaga bog‘langan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi.
«Respublikamizda Rossiyada ishlab chiqarilgan juda ham ko‘p dorilar ishlatiladi. Bizning tilimizda ular «fuflomitsin» deyiladi. Ular birorta dalilga asoslanmagan dorilar hisoblanadi. Ichsangiz ham, ichmasangiz ham hech qanday samarasi yo‘q. Ularni ishlatishni man qilishni so‘rayman», deydi Klara Yodgorova.
Mutaxassis koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishni tavsiya qildi.
«Koronavirusda bemorlar o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishlari kerak. Ya’ni bunda koronavirusning barcha belgilari ko‘rsatilgan jadval tuzib, kunlik tarzda o‘zlarida qaysi simptomlar kuzatilganini kiritib borishlari lozim. Bu tuzalish jaryonini nazorat qilishga yordam beradi.
Shuningdek, agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol (kapelnitsa) olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. Kapelnitsa o‘pka alveolalari shishishiga sabab bo‘ladi. Uyda va statsionarda davolanayotgan bemorlarga kapelnitsa olishni tavsiya qilishni to‘xtatish kerak», deya ta’kidladi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi