16:53 / 28.07.2020
2 821

To‘rt hududda 200ga yaqin koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi

To‘rt hududda 200ga yaqin koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi
2020 yil 28 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 699 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent shahrida (ulardan 50 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 72 nafari esa Qozog‘istondan «G‘ishtko‘prik» chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 32 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 18 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 185 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Buxoro viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida ham 17 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar, jami 352 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 12 026 (+352) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 549 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rt hududda 200ga yaqin koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi