20:00 / 29.07.2020
2 794

Karantin davrida farzandining voyaga yetguniga qadar 78 mln. 960 ming so‘m aliment pullarini to‘ladi

Karantin davrida farzandining voyaga yetguniga qadar 78 mln. 960 ming so‘m aliment pullarini to‘ladi
Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 22.08.2013 yildagi S-1-431/13-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor Z.Yusupovdan undiruvchi D.Aripova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish haqidagi 21.10.2013 yilda qo‘zg‘atilgan 101119020757-sonli ijro ishi mavjud.

Ijro ishi bo‘lim davlat ijrochisi D.Irgashev ish yurituviga berilgan bo‘lib, aliment pullarini undirish yuzasidan belgilangan tartibda barcha majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Bugungi kundagi karantin sharoitida davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida qarzdor Z.Yusupov tomonidan farzandining voyaga yetguniga qadar 78 mln. 960 ming so‘m aliment pullari undirilgan va ijro ishi yurituvi undiruvchi murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin davrida farzandining voyaga yetguniga qadar 78 mln. 960 ming so‘m aliment pullarini to‘ladi