1 566
Bir kunda 700dan ortiq bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 14 mingga yaqinlashmoqda
30 iyul kuni respublikaning 10 hududida jami 743 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 13680 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilganini ma’lum qildi.
Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 672 nafari sog‘aydi. Shundan 441 nafari Toshkent shahridagi 17ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.
Toshkent shahrida 441 nafar;
Toshkent viloyatida 152 nafar;
Sirdaryo viloyatida 48 nafar;
Andijon viloyatida 33 nafar;
Surxondaryo viloyatida 16 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 15 nafar;
Farg‘ona viloyatida 13 nafar;
Namangan viloyatida 13 nafar;
Buxoro viloyatida 6 nafar;
Qoraqalpog‘istonda 6 nafar.
«Shunday qilib, yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 29 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 672 nafar bemor tuzalgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi