19:00 / 07.08.2020
2 421

Ichki ishlar organlarida firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashuvchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi

Ichki ishlar organlarida firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashuvchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tergov bo‘limlari tarkibida firibgarlikka oid jinoyatlar bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalar tashkil etiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatning 6-yalpi majlisida ma’lum qildi.

«Oxirgi paytlarda firibgarlik jinoyatlari juda ko‘p bo‘lyapti. Bu jinoyatlarning ahamiyatli tomoni shundaki, odamlar o‘z mulkini o‘zi bilib beryapti va jinoyat qurboni bo‘lyapti. Firibgarlik jinoyatini amalga oshiruvchilar orasida muqaddam sudlanganlar, ilgari ham jinoyat qilganlar ko‘p.

Firibgarlik jinoyatining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, ularning 70 foizi oldingi yillarda sodir qilingan. Joriy yilning dastlabki olti oyida qayd etilgan 3500ta firibgarlik jinoyatlarining 70 foizi aslida oldingi yillarda sodir etilgan, lekin shu yilga kelibgina prokuratura va ichki ishlar xodimlariga murojaat qilingan.

Yana bir jihat. Onlayn pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ham ko‘paygan. Ularni fosh qilish uchun kompyuter texnologiyalari sohasini chuqur biladigan mutaxassislar kerak.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Har bir hududda e’tibor berish kerak bo‘lgan kategoriyalar – muammoli oilalar, muqaddam sudlanganlar, ilgari firibgarlik sodir qilganlar masalasida hushyor bo‘lish kerak.

Yaqinda alohida toifadagi ishlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil qilish haqida topshiriq berilgan edi. Shu jumladan, firibgarlik masalalarini tergov qilish bo‘yicha ham vazirlikda va barcha viloyat boshqarmalarining tergov bo‘limlarida alohida bo‘linmalar tashkil qilinmoqda», – deydi general-leytenant Po‘lat Bobojonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organlarida firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashuvchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi