19:10 / 13.08.2020
3 668

Shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishi yuzasidan Prezident Farmoni haqida

Shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishi yuzasidan Prezident Farmoni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-sonli Farmoni asosida sud tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv tamoyili qo‘llanilishini yanada kengaytirish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Shu bilan birga, sud-tergov amaliyotini tahlil qilish va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish natijalari jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligidan, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog‘liq bo‘shliqlar mavjudligidan dalolat bermoqda.

Mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ro‘yobga chiqarish, jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
  • shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, sodir etilgan har bir jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini hamda shaxs, jamiyat va davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini ta’minlashini;
  • shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish, shuningdek, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirilishi;
  • jinoyatchilikning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularda qonunga itoatgo‘ylik ruhini shakllantirish mexanizmini joriy qilish belgilangan.
  • Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar olishni mazkur jinoyat ishi yurituvida bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi (belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno);
  • jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddatini u haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblanishi;
  • shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog‘liq tezkor tadbir amalda yakunlangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligini belgilanishi;
  • jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchini og‘ir kasalligi yoki uzoq muddatga chet davlatga chiqib ketish zarurati tufayli kechroq so‘roq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularning ko‘rsatuvlarini gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, prokuror yoki advokatning iltimosnomasiga ko‘ra sud tomonidan taraflarning ishtirokida oldindan mustahkamlab qo‘yish (deponirovaniye) tartibini joriy qilinishi;
  • o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha, shuningdek, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotganda himoyachining ishtirok etishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur Farmonda sud-huquq tizimini yanada isloh qilgan holda fuqarolarning huquq va erkiliklari, qonuniy mafaatlarini himoya qilish asosiy maqsad qilib ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining sudya yordamchisi
G‘.Davronov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishi yuzasidan Prezident Farmoni haqida