14:45 / 02.09.2020
2 372

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentabr Birinchi Prezidentni xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Islom Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidlagan edi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.






Avvalroq Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)