00:08 / 03.09.2020
3 415

Sirdaryoda sellofan ostida test ishlayotgan abituriyentlar

Sirdaryoda sellofan ostida test ishlayotgan abituriyentlar
Foto: Telegram
O‘zbekistonda 2 sentabrdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Pandemiya sababli imtihonlar stadionlar va xiyobonlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarning birinchi kunida O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatildi. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi stadionda ikkinchi smenada imtihon topshirayotgan talabalar ustidan yomg‘ir tomchiladi. Imtihon tashkilotchilari abituriyentlar hamda ular ishlayotgan test va javob varaqlarini yomg‘irdan himoya qilish uchun antiqa yo‘l tutdi.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan e’lon qilingan suratda abituriyentlar o‘tirgan qatorlar ustidan uzunasiga sellofan plyonka tortilganini ko‘rish mumkin.
«Ilgari plyonka ostiga paxta ekilardi, endi abituriyent ‘ekilyaptimi’ deyman», — deya hazilomuz izoh bergan Xushnudbek Xudoyberdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda sellofan ostida test ishlayotgan abituriyentlar