13:20 / 09.09.2020
1 994

MIB: mahalliy budjetga 11 mlrd. 638 mln.so‘m undirildi

MIB: mahalliy budjetga 11 mlrd. 638 mln.so‘m undirildi
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan ish yurituvdagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining amaldagi Qonunlarda belgilangan muddatlarda ijro qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilib, bu yo‘nalishda Byuroning tuman-shahar bo‘limi davlat ijrochilarining mas’uliyati oshirilib, davlat ijrochisining ish yurituvidagi mavjud ijro ishlarining belgilangan kunlik reja asosida ijrosini o‘z muddatida va so‘zsiz ta’minlash borasida bir qator natijaviy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining 29.08.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor K.Abdurasulov va I.Kadirovlarning ishi bo‘yicha ashyoviy dalil tariqasida olingan, 1.136.000 AQSH dollari, 77.830 yevro, 21.018.670 rossiya rubllari, 803 AQSH dollari, 31.700 qozoq tengesi va 10 yevro pul mablag‘larini davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga 29.08.2020 yilda ijro ishi qabul qilingan edi.

Byuroning Guliston shahar davlat ijrochilari tomonidan ushbu ijro hujjatlariga asosan olib borilgan ijro harakatlari davomida, yuqorida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari shu kunning o‘zida konvertatsiya qilinib, o‘zbek so‘mi hisobida bo‘limning ATIB “Ipoteka bank” Sirdaryo filialidagi mahsus hisob raqamiga ushlagan organ chegirmasi ushlab qolinib, 12.863.479,7 ming so‘m tushgan va VM 200 sonli qarori asosida 11.638.386,4 ming so‘m maxalliy budjetga hamda qolgan 1.225.093,3 ming so‘m Majburiy ijro byurosi fondiga o‘tkazilishi ta’minlanib, ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: mahalliy budjetga 11 mlrd. 638 mln.so‘m undirildi