17:30 / 03.10.2020
4 260

Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi

Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi
O‘zini o‘zi davolash koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi sanaladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infeksiyalar mikrobiologiyasi bo‘limi boshlig‘i Viktor Zuyev NSN efirida ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.

Agar mazangiz qochsa yoki poliklinikaga bora olmasangiz, shifokorni chaqiring va uning so‘zlariga quloq soling. Hech qachon o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ulllanmang. Bu bemor kishi uchun katta xato”, — dedi Zuyev.

Mutaxassis koronavirusning asosiy alomati hid bilish qobiliyati yo‘qolishi ekanini ta’kidladi, ammo bu gripp va O‘RVIdan darak ham berishi mumkin.

O‘z navbatida, virusolog Anatoliy Alshteyn koronavirusning yengil shaklida dori-darmon va o‘zini o‘zi yakkalash imkoniyati bo‘lganda uyda davolanish mumkinligini qayd etdi. Biroq koronavirus va grippni farqlash uchun test topshirish zarur. Buning uchun uyga shifokorni chaqirib, kerakli tahlillarni topshirish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi