18:00 / 03.10.2020
3 088

Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi

Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi
Buxoro viloyati Peshku tumanida paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 2 oktabr kuni soat 17:34 da Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. boshqaruvidagi yuk mashinasining tirkamasida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli paxta yonib ketgan.

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib, mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi mahsulot ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan Peshku tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi