12:38 / 04.10.2020
2 304

Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi

Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 18 sentabr kuni Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan bir guruh tibbiyot xodimlarining missiyasi yakuniga yetganini xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimi ikki hafta davomida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan.

«Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhini kuzatishga bag‘ishlangan tadbir davomida delegatsiya rahbari Konstantin Pokrovskiy va anesteziolog-reanimatolog shifokor Irina Machulinaga «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni topshirildi», – deyiladi SSV xabarida.

"Bizga ishonch bildirilganligi va hamkorlikda faoliyat ko‘rsatganligimizdan xursandmiz. Bu yerdagi shifokorlar bilan hamkorlikdagi ishimiz davomida biz O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida sog‘liqni saqlash tizimini qayta tuzgani va mukammallashtirgani, Zangiota tumanida koronavirusni davolashga ixtisoslashtirilgan klinikani qurishga muvaffaq bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Aslida, buni qisqa vaqt ichida amalga oshirish oson emas, ammo siz bunga erishdingiz.

Bu ushbu yuqumli kasallikka qarshi kurash jarayonini ancha yengillashtirmoqda. Shifokorlaringiz bemorlarni dunyo bo‘yicha doimiy ravishda o‘zgarib turayotgan tavsiyalarga muvofiq davolashmoqda. Asosiysi, ularda xohish va tajriba yetarli darajada. Qolaversa, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘z ish tajribalarini yanada boyitib va takomillashtirib borishmoqda
", — deya tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy so‘zlarini keltirgan SSV axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi