18:08 / 19.10.2020
2 484

YHXBB inspektor va haydovchi o‘rtasidagi ziddiyatli holat videosi bo‘yicha ma’lumot berdi

YHXBB inspektor va haydovchi o‘rtasidagi ziddiyatli holat videosi bo‘yicha ma’lumot berdi
Foto: Videodan kadr
Internetda Toshkent yo‘llarida YPX inspektori va yuk avtomobili haydovchisi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan izoh berdi.

«2020 yil 16 oktabr kuni taxminan soat 16:40 da Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar va Sayram ko‘chasi kesishmasida mazkur hududda xizmat olib borgan YPX inspektori jezl va hushtak bilan SRЕM ST rusumli (davlat raqami 01 F 620 EB) yuk avtomobiliga to‘xtash haqida ishora qilgan.

Ammo haydovchi bu ishorani mensimasdan, harakatni davom ettirgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida transport vositasi tez orada majburiy tarzda to‘xtatilgan. Haydovchi – 23 yoshli Sergeli tumanida yashovchi D.I. ekani oydinlashgan
», – deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB maxsus divizion 6-son mobil guruhi inspektori kichik serjant N.Hayitxo‘jayev haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirgan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YHXBB inspektor va haydovchi o‘rtasidagi ziddiyatli holat videosi bo‘yicha ma’lumot berdi