15:53 / 23.10.2020
4 007

Yaroqlilik muddati hech qachon tugamaydigan iste’mol mahsulotlari

Yaroqlilik muddati hech qachon tugamaydigan iste’mol mahsulotlari
Foto: «Domashniy ochag»
Oshxonangizda borligi yodingizdan chiqib ketgan mahsulotlar hali ham turganiga guvoh bo‘lsangiz, ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Ayniqsa, quyidagi ro‘yxatdan o‘rin olgan bo‘lsa.

Donli mahsulotlar
Loviya, no‘xat, yasmiq va boshqa donli mahsulotlarning rangi o‘zgarishi mumkin, lekin shunda ham ularni iste’mol qilsa bo‘ladi. Tadqiqotda 30 yildan ortiq saqlangan loviyaning sifati shuncha yildan keyin ham o‘zgarmagani aniqlangan.

Tuz
Tuz — mineral va uning buzilishi mumkin emas. Unga suv tegsa qotib qolishi mumkin, lekin xususiyati o‘zgarmaydi. Yodlangan tuzni esa bir yildan uzoq saqlab bo‘lmaydi. Chunki bu vaqt davomida yod bug‘lanadi. Shunga qaramasdan osh tuzi sifatida foydalansa bo‘ladi.

Sirka
Oq sirka uzoq yillar davomida saqlanadi. Buning uchun quyosh nurlaridan uzoqda yoki issiq bo‘lmagan joyda bo‘lishi kerak, yo‘qsa cho‘kma hosil bo‘lishi va mahsulot ta’mi ham o‘zgarishi mumkin.

Shakar
Shakarning ham tuz kabi saqlanish muddati bo‘lmaydi. Ammo u ham suv yoki namlik sabab qotib qolishi mumkin. Shunga qaramasdan uni ham ishlatsa bo‘ladi. Jigarrang shakar va shakar kukuni ham yillar davomida aynimasdan saqlanadi.

Asal
Asal tabiiy va ishlab chiqaruvchi tomonidan boshqa qo‘shimchalar qo‘shilmagan bo‘lsa, aynimaydi. Xarid qilishda shoshilmasdan, tabiiy ekaniga ishonch hosil qilish kerak. Asal yillar davomida sifati va ta’mi o‘zgarmasdan saqlanadi, faqat suyuqligi avvalgiday bo‘lmasdan, qattiqlashib borishi mumkin. Lekin avvalgidek mazali bo‘lib qoladi.

Guruch
Guruch sovuq haroratni yaxshi ko‘radi. Uning saqlanishi uchun mukammal harorat — 5-15 daraja hisoblanadi. Agar shunday haroratda bo‘lsa, 30 yil davomida aynimasdan saqlanadi. Germetik idishdagi guruch esa xona haroratida bir yarim yildan uzoqqa bormaydi.

Quruq sut
Agar mazkur sut mahsuloti barcha sanitar qoidalarga amal qilingan holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. Uni yaxshilab yopiladigan qopqoqli idishda, quruq joyga qo‘yish kerak.

Quritilgan go‘sht
Agar go‘sht to‘g‘ri quritilgan va barcha ehtiyot choralariga amal qilingan bo‘lsa, quruq va qorong‘i joyda 50 yilgacha saqlasa bo‘ladi.

Soya sousi
Soya sousi ochilganidan keyin 3 yilgacha saqlash mumkin. Uning hidi o‘zgarishi va cho‘kmalar hosil bo‘lishi mumkin, ammo aynimaydi va mazasi o‘zgarmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaroqlilik muddati hech qachon tugamaydigan iste’mol mahsulotlari