17:01 / 28.10.2020
1 679

“Naqshab darvozasi” bozorining mashinasi qarzdorligi uchun xatlandi

“Naqshab darvozasi” bozorining mashinasi qarzdorligi uchun xatlandi
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiining joriy yil 9 oktabrdagi qaroriga ko‘ra, “Naqshab darvozasi” dehqon bozori MCHJning 4.09.2020 yil holatida 39 mln. 390 ming so‘m soliq qarzdorligi mavjud hamda ushbu qarzdorlikni jamiyatning mol-mulkidan undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochilari jamiyatni ogohlantirishgan. Ammo shundan so‘ng ham qarzdorlik bartaraf etilmagach, Byuro xodimlari jamiyatning balansida bo‘lgan avtomashinasini xatlab olishdi.

Bozor ma’muriyatiga qarzdorlikni qoplash uchun muddat berildi. Ushbu muddat davomida qarzdorlik bartaraf etilmasa, xatlangan avtomashinani realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Qodir Karimov – MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Naqshab darvozasi” bozorining mashinasi qarzdorligi uchun xatlandi