13:34 / 07.11.2020
2 377

Korrupsiyaga o‘ralashib qolgan amaldorlar yetkazgan zarar miqdori oshkor qilindi

Korrupsiyaga o‘ralashib qolgan amaldorlar yetkazgan zarar miqdori oshkor qilindi
Bosh prokuraturada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruzasini nemis davlat arbobi Bismarkning «Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo amaldor yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham yordam bermaydi», degan iqtibosi bilan boshladi.

So‘ng esa korrupsiya holatlari bo‘yicha aniq faktlarga o‘tildi.

Qayd etilishicha, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1.986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln. so‘mdan oshgan.

Yig‘ilishda prokuraturaning nazorat tadbirlari hamda tergov natijalari tahlili asosida korrupsiya eng ko‘p uchrayotgan sohalar, vazirlik va idoralar kesimida aniq misollar va raqamlarda ko‘rsatib berildi.

Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaviy holatlar asosan budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida sodir etilayotanligi ta’kidlandi.

O‘tgan ikki yilda respublika bo‘yicha 371 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlanib, bu qilmishlar uchun 2.477 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga o‘ralashib qolgan amaldorlar yetkazgan zarar miqdori oshkor qilindi