18:38 / 12.11.2020
1 981

Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi
Prezidentning 2020 yil 11 noyabr kungi PQ-4888-son qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma’lumot talab qilmagan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan. Avvalroq, Yangihayot tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengaytirilishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi