19:16 / 12.11.2020
1 893

Qarzdorning qarindoshiga 40 mln. so‘m xonadon ulushi undirib berildi

Qarzdorning qarindoshiga 40 mln. so‘m xonadon ulushi undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanilararo sudining 10.06.2020 yildagi № 2-1001-1947/45325-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Pavlova undiruvchi D.Pavlova foydasiga jami 40.015 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 20.08.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 20.08.2020 yil kuni davlat ijrochisi A.Xolxodjayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga 10 kunlik ihtiyoriy muddat berilib, qaror nusxasi taraflarga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 12 noyabr kuni qarzdor A.Pavlovadan qarindoshi D.Pavlova foydasiga 40.015 ming so‘m pullari to‘liq undirilib, Qonunining 41-moddasiga asosan ijro ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning qarindoshiga 40 mln. so‘m xonadon ulushi undirib berildi