4 511
Shavkat Mirziyoyev Zafar Ro‘ziyevga Qashqadaryoni boshqarishga imkon berganini o‘z xatosi sifatida tan oldi
Foto: Prezidenti matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevni «aqlsiz, bilimsiz va iqtisodiyotni bilmaydigan rahbar» deb atagan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 12—13 noyabr kunlari Qashqadaryoda bo‘lib, iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish, odamlar hayotini yaxshilash bo‘yicha viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 13 noyabr kuni esa Qarshi shahrida yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident yig‘ilishda Qashqadaryoning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevni keskin tanqid qilgan (avvalroq davlat rahbari viloyat ko‘rsatkichlari pastligiga aynan Zafar Ro‘ziyev aybdorligini ta’kidlab, «u sharmanda qilgan ekan», degani haqida xabar berilgan edi).
«Na bilimi, na saviyasi bor, iqtisodiyot, investitsiyani tushunmaydigan rahbar 4—5 yil boshqargani uchun Qashqadaryo hamma viloyatdan orqada qolib ketdi. Bu, albatta, mening ham xatoyim», — deb tan olgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev.
Prezident tashrifdan maqsad viloyat mas’ullari bilan hudud rivojiga turtki berish ekanligini aytib: «Qashqadaryoga o‘zining rivojlanish yo‘lini topib bermasak, kech bo‘ladi», — deb aytgan. Ta’kidlanishicha, oxirgi 10 yilda viloyatning YAIMdagi ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushib ketgan.
Zafar Ro‘ziyev 2013 yil sentabridan 2019 oktabriga qadar Qashqadaryo viloyatiga hokimlik qilgan. U 2019 yilning 26 oktabr kuni viloyatning butun rahbariyati bilan birga iste’foga chiqqan (o‘shanda hokimning ishdan olinishi sabablari ochiq ma’lum qilinmagan), shu kunning o‘zida Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim etib tayinlangan.
2020 yil noyabrida Zarbdor tumaniga hokimlik qilayotgan Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat avtomobili bo‘la turib, uchinchi chorakda daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismidan salkam 370 million so‘mga Trailblazer avtomobilini sotib olgani ma’lum bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?