21:48 / 16.11.2020
2 226

Majburiy ijro harakatlari davomida tadbirkorga qarzdorlik undirib berildi

Majburiy ijro harakatlari davomida tadbirkorga qarzdorlik undirib berildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ma’muriy sudining 15.07.2020 yildagi № 3-1106-2001/1209-sonli ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor M.Axangarovadan undiruvchi “RING LIGHT” korxonasi foydasiga jami 17.577.911 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 17.08.2020 yilda kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Bundan tashqari qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq, so‘rovnomalar yuborilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarodan joriy yilning 10 noyabr kuni undiruvchi tadbirkor foydasiga qarzdorlik to‘liq undirib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy ijro harakatlari davomida tadbirkorga qarzdorlik undirib berildi