14:53 / 17.11.2020
2 463

Nikita Makarenko O‘zbekistonda blogerlar fikrini hech kim eshitmay qo‘ygani haqida (video)

Nikita Makarenko O‘zbekistonda blogerlar fikrini hech kim eshitmay qo‘ygani haqida (video)
Kadr: Twitter
Prodyuser, musiqachi, UzReport telekanali boshlovchisi, bloger Nikita Makarenko «Ular» loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda qachondan boshlab jurnalist va blogerlarning fikrini hech kim eshitmay qo‘ygani to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Makarenko jurnalistning nima sababdan umrida birinchi marotaba O‘zbekistondan chiqib ketish haqidagi savoliga javob qaytarar ekan, u 2016 yilda paydo bo‘lgan optimizm hech kimda qolmaganini ta’kidlagan.

- "Yaqinda Facebook’da barchasi qachondan boshqacha ketganini muhokama qildik. Aziza Umarova va boshqa ziyolilar bilan bu taxminan 2018 yilning iyun—iyulida sodir bo‘lgan degan to‘xtamga keldik. Ushbu maqolani ham o‘shanda yozganman [«Ma’naviyat Toshkentni barbod qiladi» maqolasi]. Ya’ni 2016 yil bizni aql bovar qilmas optimizm bilan quvvatlantirdi, barchamiz xuddi qanoti bordek uchardik. 2017 yilda ham yaxshi edi. 2018 yil ham yomon boshlanmadi, biroq 2018 yilning yozida nimadir sindi.

Ya’ni biz kutmagan harakatlar boshlanganida, masalan, ushbu maqolani tunggi 23:00 dan keyin ko‘chalarga «Avtozak»lar qaytganidan so‘ng yozganman. Eslasang, Karimov davrida kechasi sayr qilish mumkinmas edi, barchani «Avtozak»larga bosib olib ketardi va shu sodir bo‘ldi, biz boshqa ko‘plab iqtisodiy noto‘g‘ri qarorlarni sezdik, dahshatli «Obod mahalla» dasturi boshlandi, snoslar avj oldi, biz nimadir singanini tushundik va optimizm yo‘qoldi.

Albatta, balki men hissiyotlarini oshirib yuborgandirman, umuman olganda hech qayerga ketishni istamayman, menimcha, bu sening savolingga javob bo‘lar. Biroq nimadir sindi va mamlakatimiz rahbariyati ziyolilar optimizmini, ijodkor insonlar optimizmini, biznesmenlar optimizmini, xorijdan qaytayotgan ekspertlar optimizmini muhim resurs deya hisobga olmagani juda achinarli. Undan voz kechishdi. Fikrimizni hech kim eshitmay qo‘ydi va hozir sezayotgan bo‘lsang, ushbu optimizm hech kimda qolmadi. Qo‘llaridan kelsa-da, undan oqilona foydalanishmadi", - deydi bloger Nikita Makarenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nikita Makarenko O‘zbekistonda blogerlar fikrini hech kim eshitmay qo‘ygani haqida (video)