1 556
Endi ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini onlayn olish mumkin

Endilikda ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish yanada qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
«Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turishlar evaziga arxiv ma’lumotnomasini olish uchun ariza qoldirib, kamiga turli tashkilotlar orasida sarson yurgan bo‘lsangiz, endi uyingizdan chiqmasdan turib sanoqli daqiqalar ichida buni amalga oshirishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, buning uchun dastlab Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish, «Ma’lumotnomalar» bo‘limidan «Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish» xizmatini topish va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma’lumotlar asosida so‘rovnomani to‘ldirib, yuborish tugmasini bosish kerak.
Mazkur davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.
So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kuni, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiriladi hamda YAIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«O‘zarxiv» va DXX hamkorligida maxfiy arxiv hujjatlarining ayrimlari oshkor qilinadi

Endi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari to‘lov evaziga ish staji olishi mumkin

Prezident DXXga tarixiy davr arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi

Yagona idenfikatsiya raqami har bir chaqaloqqa beriladi

Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlash kerak bo‘ladi