27 noyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Techno Continental korxonasida ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borguniga qadar korxona xodimlarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan.
Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan. Ular shifokorlar nazoratiga olinib, tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni paytda hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Techno Continental 2018 yilning yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, korxona elektromaishiy qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona muassisi Artel Electronics (62,5 foiz) va Ilk Sabah Insaat Anonim Sirketi (37,5 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi