00:08 / 06.12.2020
9 443

"Imho" nima degani?

"Imho" nima degani?
IMHO so‘zi lug‘atlarga kirib ulgurmagan bo‘lsa ham, ijtimoiy tarmoqlarda undan keng foydalanilmoqda. Ya’ni kimdir o‘z fikrini bayon etgach, jumla oxiriga ushbu qisqarma so‘zni yozib qo‘yadi. Jumladan, «Tramp prezidentlikni saqlab qololmaydi. Bu barchasi IMHO, albatta» kabi. Xo‘sh, IMHO nimani anglatadi?

– Ingliz tilida IMHO – In my humble opinion, ya’ni «mening ojizona (yoki kamtarona) fikrimcha» degan ma’noni anglatadi, – deydi ingliz tili o‘qituvchisi Dilso‘z Davletova. – Ushbu qisqartma so‘z aytilgan gap shunchaki so‘zlovchining shaxsiy fikri ekanini, muallif bu fikrning 100 foiz to‘g‘riligiga yoki to‘g‘ri bo‘lib chiqishiga da’vo qilmayotganini bildiradi.

Qisqartma orqali hosil bo‘lgani bois bosh harflarda yoziladi. So‘zni rus tili orqali emas, ingliz tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtiradigan bo‘lsak, IMXO emas, IMHO shaklida yozish joiz. Til bilgan yaxshi, ammo shu so‘zning o‘zbekcha muqobilini topib ishlatish undan ham yaxshi.

Manba: huquq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Imho" nima degani?