18:11 / 08.12.2020
3 122

Ipoteka mexanizmini takomillashtirishga doir farmon qabul qilindi

Ipoteka mexanizmini takomillashtirishga doir farmon qabul qilindi
«Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-6126, 07.12.2020 y.) qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo‘linmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagicha belgilandi:

- Toshkent shahrida – umumiy maydoni 60 m² gacha bo‘lgan kvartiralar uchun – 264 mln so‘m, 60 m² dan ortiq bo‘lganlari uchun – 352 mln so‘m;
- boshqa hududlarda – umumiy maydoni 60 m² gacha bo‘lgan kvartiralar uchun – 240 mln so‘m, 60 m² dan ortiq bo‘lganlari uchun - 320 mln so‘m.

Shuningdek, Farmon bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

- 2020 yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar va to‘lov muddati 2021 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi;
- subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ipoteka mexanizmini takomillashtirishga doir farmon qabul qilindi