21:13 / 08.12.2020
3 187

Olmaliqda Lacetti 9 yoshli qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan

Olmaliqda Lacetti 9 yoshli qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan
Foto: YHXBB
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Lacetti avtomashinasi 3-sinfda o‘qiydigan qizni urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Hodisa 2020 yil 4 dekabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shaharida sodir bo‘lgan. Haydovchi Olmaliq shahar Pirimqulova ko‘chasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Y.F o‘zining boshqaruvidagi bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositasida, piyoda Olmaliq shahar Pirimqulova ko‘chasi 1A-uy 6-xonadonda yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan, Olmaliq shahridagi 5-sonli o‘rta ta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Maksimova Karalina Aleksandrovnani urib yuborgan.

Haydovchi YTHdan so‘ng K.Maksimovani yashash manziliga olib borib yaqinlariga topshirib ketgan. 2020 yilning 5 dekabr kuni K.Maksimovaning sog‘lig‘i yomonlashib, Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga murojaat etgan.

Markaziy shifoxonaning birlamchi ma’lumotnomasida K.Maksimovaga YTH natijasida bosh miya chayqalishi, miya to‘qimalarining lat yeyishi, chap son suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan hozirgi kunda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliqda Lacetti 9 yoshli qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan