19:37 / 15.12.2020
4 196

Toshkentda MIB va YPX qo‘shma reyd o‘tkazmoqda

Toshkentda MIB va YPX qo‘shma reyd o‘tkazmoqda
Joriy yilning 24 noyabrida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda reyd boshladi.

Shu tariqa yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzganidan 60 kun o‘tganidan so‘ng ham ma’muriy jarimalarni to‘lamay yurgan transport vositalari egalarini aniqlanmoqda. Turgan gapki, bunda «qo‘lga tushgan» qoidabuzarlar to jarimani to‘lamagancha xotirjam bo‘lolmaydi.

MIB Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 12 dekabr kuniga qadar jami 5 ming 537 nafar qarzdorligi bor avtotransport egalari AVTOCON maxsus apparati yordamida yo‘llarning o‘zida aniqlanib, shundan 123 ta transport vositasi jarima maydonlariga qo‘yildi. Undirilgan jarimalar miqdori 1,5 mlrd. so‘mdan oshgan.

Qayd etilgan raqamning salkam 300 mln. so‘mi ma’muriy jarimalarni to‘lashdan bosh tortgan aynan 123 nafar avtotransport vositalari egalarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Qo‘shma reyd poytaxt ko‘chalarida davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda MIB va YPX qo‘shma reyd o‘tkazmoqda