16:38 / 18.12.2020
4 255

O‘zbekistondagi OTMlarda hijob o‘rashga ruxsat berilganmi? Vazir javob berdi

O‘zbekistondagi OTMlarda hijob o‘rashga ruxsat berilganmi? Vazir javob berdi
“Tashkent city”dagi Congress Hall majmuasida «Toshkent yoshlar forumi — 2020» doirasida o‘tkazilgan «Ijtimoiy soha – 2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari» mavzusidagi tadbirda Oliy va o‘rta ta’lim vaziri Inomjon Majidov ham ishtirok etdi va bir qator savollarga javob berdi.

2030 yilga kelib talabalar uchun turar joylar yetarli bo‘ladimi?
– «Oliy ta’lim muassasalari mustaqil rivojlanish yo‘lida va bu mustaqillik hamma tomonlama, ya’ni ham akademik, ham moliyaviy. Bugungi kunda talabalarning 25 foizi budjetda, 75 foizi shartnoma asosida o‘qishmoqda, ya’ni moddiy bazani yaratish ham shunga bog‘liq bo‘ladi».

Oliy ta’limda hijobga ruxsat berilganmi?

– «Hamma Oliy o‘quv yurtlarida ichki tartib qoidalar mavjud. Ularga amal qilinishi kerak. Bu faqat bizda emas, butun dunyoda shunday»

Kollej texnikumlarga, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarining javoblari chiqishi bir oylab cho‘zilyapti? Bu korrupsiya uchun yetarli sabab bo‘lishi mumkin? Yangi O‘zbekiston deyapmiz, lekin bu yangi O‘zbekistonga o‘xshamayapti? Nega javoblar chiqishi kechikyapti?
– «Texnikumlarga qayerda ortiqcha talab bo‘lsa, o‘sha yerda imtihonlar o‘tkazildi. Tanlov ko‘p bo‘lmasa imtihonsiz qabul qilindi. Imtihon olingan joylarda kechikishga birinchi sabab, bu oliygohlarga kira olmaganlarga ham imkon berish edi. Oliygohlarga kira olmaganlar ham texnikumlarga topshirish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu sababdan ham imtihonlar kech o‘tkazildi» – dedi I. Majidov.

Shuningdek, Oliy va o‘rta ta’lim vazirining ta’kidlashicha, sohani yanada rivojlantirish uchun qator rejalar qo‘yilgan, faqat ularni amalga oshirish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi OTMlarda hijob o‘rashga ruxsat berilganmi? Vazir javob berdi