13:45 / 21.12.2020
2 256

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi
Foto: Telegram / Bukhara News
Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov 20 dekabr sanasidan o‘z lavozimiga tiklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi. Fozilov bunga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani sabab 2 dekabrdan vaqtincha ishdan chetlatilgan edi.

11 dekabrda Jasur Fozilov Shavkat Mirziyoyev va Prezident administratsiyasi rahbariga video murojaat yo‘llab, xizmat tekshiruvi aslida bosh prokurorga aloqador bo‘lgan «Mustahkam Qurilish Development» qurilish kompaniyasi vakilini so‘roq qilishga chaqirishi ortidan boshlanganini aytgan edi.

Shundan so‘ng Bosh prokuratura munosabat bildirib, holat va prokurorning vajlari o‘rganib chiqilishi hamda xabar berilishini qayd etgandi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, xizmat tekshiruvi Prezident administratsiyasi boshchiligida o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.

Jasur Fozilov o‘zining ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan navbatdagi videosida prokuror sifatida davlat rahbariga adolatni tiklash uchun murojaat qilishga majbur bo‘lganini qayd etgan edi. U Respublika idoralararo komissiyasi o‘zining noqonuniy bosim to‘g‘risidagi dalillarini o‘rganish maqsadida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgani haqida gapirib, buning uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirgan. Prokuror, shuningdek, vatan manfaati va qonun ustuvorligi uchun oxirgi nafasigacha ishlashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Komissiya qarori bilan tanishib chiqib, u ko‘tarilgan masalalar adolatli va ob’ektiv o‘rganilganini aytadi. Shu bilan birga, komissiya prokuror javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi lozim bo‘lgan kamchiliklar borligini ham tasdiqlagan.

Prokuror o‘z murojaatida qayd etib o‘tgan alohida masalalar fuqarolik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya Jasur Fozilovdan shikoyat qilgan tadbirkorlar bosh prokuror nomi bilan ish qilganini aniqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi