19:30 / 22.01.2021
1 666

Xodimlarning salkam 260 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi

Xodimlarning salkam 260 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z (Bo‘ston) tumanlararo sudining 25.01.2019 yildagi 31 ta sud buyrug‘i kelib tushgan bo‘lib, unda qarzdor Shahrixon “Pilla tayyorlov” MCHJdan 31 nafar xodimlariga jami 259 mln. 982 ming so‘m miqdorida ish haqlari undirib berilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan shu kunning o‘zida ijro ish yuritish qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor Shahrixon “Pilla tayyorlov” MCHJdan 31 nafar fuqaroga jami 259 mln. 982 ming so‘m miqdorida ish haqi pullari undirilib berilishi ta’minlandi.

Xususan, fuqaro B.Maxpubovga 24 mln. 470 ming so‘m, M.Jamolovga 20 mln. 831 ming so‘m, U.Olimovga 16 mln. 526 ming so‘m pul mablag‘lari naqd pul ko‘rinishida topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodimlarning salkam 260 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi