15:08 / 30.01.2021
2 416

Olmazor tumani hokimi ishdan olindi

Olmazor tumani hokimi ishdan olindi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Uning o‘rniga ushbu lavozimga Mullajanov Abdumajid Fayzullayevich tayinlandi.

Abdumajid Mullajanov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazor tumani hokimi ishdan olindi