Bugungi kunda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda viloyatimizga olib kirish, sotish va foydalanish holatlari, afsuski, uchrab turibdi. Shu bois ichki ishlar, soliq idoralari, bojxona boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar ishtirokida viloyatimiz hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
![]()
Joriy yilning 10-fevral kuni sudning ijro varaqasiga asosan Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan ana shunday tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan musodara qilingan 29 ming 400 dona turli xildagi pirotexnika vositasi maxsus komissiya ishtirokida yo‘q qilindi.
![]()
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mavjud qonunchilikka ko‘ra, 2009 yildan buyon pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va foydalanish taqiqlangan. 2010 yil sentabridan esa bunday faoliyat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Ko‘ngilxushlik niqobi ostidagi pirotexnika buyumlarining farzandlarimiz qo‘liga tushib, ko‘ngilxiralik manbaiga aylanmasligini ta’minlash, yaqinlarimizning salomatligini xatar ostiga qo‘ymaslik uchun doimo hushyor bo‘laylik.

Alisher Xo‘jaqulov
MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Samarqandda pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

32 640 dona pirotexnika pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Andijonda 255 ming dona pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi

Salkam 27 ming dona pirotexnika vositalari endi «paqillamaydigan» bo‘ldi

Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

150 ming dona pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi