14:04 / 15.02.2021
1 633

Toshkentda «Kobalt» avval avtobus bekatiga, so‘ng ikkita «Kobalt»ga borib urildi

Toshkentda «Kobalt» avval avtobus bekatiga, so‘ng ikkita «Kobalt»ga borib urildi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 fevral kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan (haydovchilik guvohnomasi olmagan) M.M. «Kobalt» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashagan «Kardiologiya markazi» ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus bekatiga urilib, bekat ortidagi avtoturargohda to‘xtab turgan, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan F.E. boshqarib kelgan «Kobalt» rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.X. boshqarib kelgan yana bir «Kobalt» rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, to‘qnashuv vaqtida piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Kobalt» avval avtobus bekatiga, so‘ng ikkita «Kobalt»ga borib urildi