19:55 / 23.02.2021
1 318

“Opiy”ning oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

“Opiy”ning oldi-sotdisiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan xamkorlikda giyoxvandlik vositalarining nokonuniy aylanuvini oldini olish maksadida Denov shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.B shartli xaridor sifatida jalb etilgan fuqaroga polietilen paketlarga o‘ralgan 1,27 gramm “Opiy” giyoxvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Denov tumanida hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro O.I. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli yengil avtomashinasi salonida shartli xaridorga 3 dona oq polietilen paketlarga o‘ralgan 12,14 gramm “opiy” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani 1,8 mln. so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Fuqaro I.O.dan mazkur moddalarni kimdan olganligi so‘ralganida, u ushbu moddalarni M.N. ismli shaxsdan olganligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.N. 1 dona oq polietilen paketga o‘ralgan 3,07 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shu tariqa, qonunbuzarlardan fuqarolar I.O va M.N lardan jami 16,48 gramm giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Opiy”ning oldi-sotdisiga chek qo‘yildi