07:30 / 26.02.2021
1 781

MIB: Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi

MIB: Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Uychi tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida bank foydasiga yirik miqdorda kredit qarzdorligi undirib berildi.

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 22 fevral kuni Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudinin 2020 yil 17 dekabrdagi qarzdor “GRAND BRICK INDUSTRI” MCHJ dan undiruvchi “Asakabank” AT banki Namangan viloyati filiali foydasiga 455.536 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan. Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

Qarorni ijro qilish uchun taraflarga O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ma’lumot uchun yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati buyicha Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu qarzdorlik amalda undirildi. Ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi