07:00 / 01.03.2021
2 315

Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi
Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan «Shovotlandiya» kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar bergandik.

Bosh prokuratura axborot xizmati «Shovotlandiya» kafesidagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 1998 yilda tug‘ilgan J.J. (erkak), 1998 yilda tug‘ilgan X.X. (erkak), 1961 yilda tug‘ilgan B.A. (ayol), 1999 yilda tug‘ilgan M.B. (ayol) va 1996 yilda tug‘ilgan Sh.A. (ayol) halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi