Qo‘qonda bank xodimi ishonuvchan mijozning milliardlab so‘mini qo‘lga kiritdi va so‘ngra zagranpasport olib, O‘zbekistonni tark etdi. Hozirda firibgar qidiruvda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Tergov harakatlari jarayonida ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020 yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
"Agrobank Qo‘qon shahri filiali" xodimi - 31 yashar Husanjon T. bank mijozi bo‘lgan tanishi - 38 yoshli, xususiy korxona rahbari bo‘lgan Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarni aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.
Kamoliddin bank xodimi Husanjonga 20 ming AQSH dollari miqdorida qarz berganida, firibgar sodda mijozga bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 million 250 ming so‘m pul olib kelib, keyinchalik olgan pullari foydasi deb jami 240 million so‘m beradi.
Mijoz qiziqib yanada ko‘proq pul bergach, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, bank xodimi - Husanjon xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketadi. Kamoliddin Husanjonga jami 71 200 AQSH dollari va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan.
Kamoliddin bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Husanjon T.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi